Toşkentda ikkita köp qavatli uylarni boşqaruvçi taşkilot rahbari qölga olingan. Bu haqda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, poytaxtning Uçtepa tumanida faoliyat yuritgan boşqaruv taşkiloti rahbari O.O. 247 mln söm aholi mablağlarini bank hisobraqami orqali kirim qilmasdan, noqonuniy özlaştirib yuborgan. Şuningdek, Yangihayot tumanida faoliyat yuritgan boşqaruv taşkilotlaridan birining rahbari A.K. 2021-2022 yillar davomida majburiy badal tölovini amalga oşiriş uçun aholidan undirilgan 154 mln söm mablağlarni bank hisobiga kirim qilmay, öz ehtiyojiga işlatib yuborgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.
“Mazkur jinoiy xatti-harakatlar sohada nazorat tizimini yanada kuçaytiriş zaruratini tuğdirmoqda. Şu ma’noda joylarda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi tomonidan işçi guruhlar tuzilib, boşqaruv taşkilotlarining faoliyatini örganiş işlari amalga oşirilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.











