Litvada ötayotgan futzal böyiça jahon çempionatida Özbekiston milliy jamoasi 2-turda Rossiyaga qarşi bahs yuritdi.
Bahodir Ahmedov şogirdlari ikkinçi bölimda ikki töp farqini yöqqa çiqarib hisobni tenglaştirişdi, ammo yakunda ruslar ğalabani ilib ketişdi. Niyazovning het-trigi va Robinoning goliga Çoriyev hamda Odilov javob berişdi.
Guruhning ikkinçi öyinida Misr Gvatemaladan ustun keldi.
Sönggi tur oldidan Rossiya 6 oçko bilan peşqadam bölib turibdi. Misr va Gvatemalada 3 oçkodan mavjud. Oçkosiz Özbekiston sönggi poğonani egallab turibdi.
3-turda Özbekiston milliy jamoasi 18 sentabr kuni Misr bilan töqnaş keladi.
Ma'lumot uçun, 6ta guruhdan birinçi va ikkinçi örin egalaridan taşqari, uçinçi örindagi jamolardan eng yaxşi 4tasi ham 1/8 finalga yöl oladi.
Futzal. Jahon çempionati
V guruhi. 2-tur. 15 sentabr
Rossiya — Özbekiston 4:2
Gollar: Robino (10), Niyazov (11, 35, 35) — Çoriyev (21), Odilov (28).
Özbekiston — Ravşan Eliboyev., Ixtiyor Ropiyev, Husniddin Nişonov, Ilhom Hamroyev, Davron Çoriyev, Anasxon Rahmatov, Akbar Usmonov, Maşrab Odilov, Sunnat Jörayev, Xuşnur Erkinov, Muzaffar Ahadjonov, Elbek Tölqinov, Şahzod Sa'diyev, Dilşod Rahmatov, Rustam Umarov.
Misr — Gvatemala 6:3
Gollar: Mansur (4), Elaşval (32), Şola (35), Iyd (36, 37, 40) — Mansilla (16), P.Ruis (25), V.Ruis (33).











