Quyida kompaniyaning yangi qurilmalari haqidagi qisqaça ma'lumotlar bilan tanişişingiz mumkin.

Xiaomi 11T Pro

Yangi smartfon alyumin va Gorilla Glass Victus himoya oynasidan işlangan. U 8/12 GB tezkor va 128 GB/256 GB doimiy xotira va Snapdragon 888 protsessori bilan jihozlangan.

Gadjet 120 Vtli öta tezkor quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydi. Şu tariqa smartfonning 5000 mA-soatli batareyasini bor-yöği 17 daqiqada töliq quvvatlaş mumkin. Qurilma HDR10+, Dolby Vision, TrueColor, Sunlight Mode 3.0 va Reading Mode 3 texnologiyalarini qöllab-quvvatlovçi 6,67-dyuymli AMOLED FHD+ ekran, yon tomonda örnatilgan biometrik sensor, Dolby Atmos’ni qöllab-quvvatlovçi stereodinamiklar olgan.

Smartfonning kameralar blokidagi asosiy kamera 108 Mpga va tasvirni optik barqarorlaştirgiçga, ikkinçi kamera 8 Mpga va uçinçi kamera 5 Mpga ega. Old kamera 16 Mpli.

Xiaomi 11T Pro smartfoni MIUI 12.5 va Android 11 operatsion tizimlarida işlaydi. Uni 8/128 GB, 8/256 GB va 12/256 GBli modifikatsiyalarda mos ravişda 649, 699 v 749 yevrodan sotib oliş mumkin böladi.

Xiaomi 11T 

Bu texnik jihatdan oddiyroq qurilma bölib, biroq u ham metall va himoya oynasidan işlangan. Unda Dimensity 1200-Ultra va Snapdragon 888 protsessorlari örnatilgan. Qurilma 8 Gb tezkor va 128 yoki 256 Gb doimiy xotira bilan ta'minlangan. U 67 Vtli quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydi va buning hisobiga uni 36 daqiqada töliq quvvatlaş mumkin.

Smartfon 128 Gb va 256 Gb versiyalarda mos ravişda 499 va 549 yevrodan taklif qilinmoqçi.

Xiaomi 11 Lite 5G NE

Uşbu smartfon Mi 11 Lite 5Ğning yangi versiyasi bölib, farqi unda Snapdragon 780G örniga Snapdragon 778G protsessori örnatilganidadir. Smartfon 2400×1080 piksel körsatiş qobiliyatiga ega 6,55-dyuymli AMOLED DotDisplay bilan jihozlangan.

Qurilmaning asosiy kamera bloki uçta kamera bilan ta'minlangan: 64 MPli asosiy, 8 MPli keng burçakli va 5 MPli telemakro. Frontal kamera 20 Mpli, batareya siğimi 4250 mA-soat.