Ma'lum qilinişiça, 2021 yil17 sentabr kuni soat 1:59 larda Samarqand şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi navbatçilik qismiga şaharning «Azizon» mahallasi Çorboğ köçasi 1-yölak 3-uyda yaşovçi, 1957 yilda tuğilgan fuqaro S.T.ning yaşaş uyida yonğin sodir bölayotganligi töğrisida tezkor xabar kelib tuşgan.
Şundan söng soat 2:11 da voqea joyiga Samarqand şahar FVB Yonğinga qarşi kuraşiş bölinmasidan 4 ta yonğin öçiriş maşinasi va 1 ta Kamaz yetib borgan. Yonğin soat 3:15 da töliq bartaraf etilgan. Yonğin öçiruvçilarning tezkor harakatlari natijasida yonğin qöşni xonadonlarga ötib ketişining oldi olingan.
Qayd etilişiça, yonğin oqibatida mazkur xonadon yaşaş uyining 150 metr kvadrat maydonida uyning tom qismi va jihozlari töliq yonib ketgan.
Ta'kidlanişiça, mazkur yonğinda heç kim jabrlanmagan va halok bölmagan. Hozirda yonğin sababini aniqlaş yuzasidan suriştiruv olib borilmoqda.
Samarqand şahridagi köp qavatli uylardan birida yonğin sodir böldi












