Toshkentda «Malika» savdo majmuasi oldida sotuvchilar o‘rtasida pichoqbozlik yuz berishi oqibatida bir kishi vafot etdi
Toshkent shahridagi «Malika» savdo majmuasi yaqinida pichoqbozlik sodir bo‘ldi. Natijada bir kishi vafot etgan, yana bir kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

12 sentabr kuni Toshkentdagi «Malika» savdo majmuasi oldida pichoqbozlik bo‘lgani haqida video tarqaldi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, 12 sentabr kuni taxminan soat 12:00 larda Shayxontohur tumani KXAY va Labzak ko‘chalari kesishmasi yonida joylashgan kafe oldida «Malika» savdo majmuasida telefon savdosi bilan shug‘ullanuvchi bir necha fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.
Janjal oqibatida 1977 yilda tug‘ilgan T.B. ko‘krak qafasi sohasida sanchilib kesilgan jarohatlari bilan vafot etgan. Shuningdek, 1988 yilda tug‘ilgan M.A. bir necha joyidan sanchilib kesilgan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga olib borilgan.
«Jinoyatni sodir etishda gumonlanayotganlarni aniqlash, shuningdek jinoyat guvohlari bilan tergov harakatlarini amalga oshirish uchun janjalda ishtirok etgan barcha shaxslar ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan. Ushbu shaxslarni ichki ishlar bo‘limiga olib borish jarayoni aks etgan video, shuningdek, voqea joyini o‘rab olib, ko‘zdan kechirish jarayoni aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan», deyiladi xabarda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi qabul qilinadi
O‘zbekiston | 12:14
-
Rossiyada mikromoliya tashkilotlaridan qarz olgan fuqarolar soni 10 mlnga yetdi
Jahon | 12:01
-
Saida Mirziyoyeva «Raqamli avlod qizlari» tanlovi g‘oliblarini tabrikladi
O‘zbekiston | 11:55
-
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Mavzuga oid

13:07 / 09.07.2024
Qashqadaryoda mast haydovchi YHX inspektorini pichoqlab qochdi. Inspektor vafot etgan

10:40 / 27.05.2024
Marg‘ilondagi oshkora qotillik: bunga nima sabab bo‘lgandi?

10:17 / 18.01.2023
Qashqadaryodagi to‘yda kuyovjo‘rani pichoqlab o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi

10:49 / 08.06.2022