Litvada ötayotgan futzal böyiça jahon çempionatida V guruhida sönggi tur öyinlari bölib ötdi.

Özbekiston milliy jamoasi Husniddin Nişonov va Anasxon Rahmatovning supergollari evaziga Misrni mağlub etdi. Guruhning ikkinçi bahsida Rossiya Gvatemala ustidan yirik hisobda ğalaba qozondi. 

Şu tariqa guruhdan Rossiya 9 oçko bilan birinçi örinni egalladi. Qolgan 3 jamoa 3 oçkodan töpladi va töplar nisbatiga köra Özbekiston (-2) 2-örinni egallab, öz tarixida ilk bor mundial pley-offiga yöl oldi. 

Gvatemala (-5) uçinçi, Misr (-7) sönggi örinni egalladi. Gvatemala boşqa guruhlardagi natijalarni kutadi — KONKAKAF  vakilida eng yaxşi 3-örin egalari qatorida 1/8 finalga çiqiş imkoniyati bor.

JÇ. V guruhi
3-tur. 18 sentabr
Misr — Özbekiston 1:2
Gollar: Iyd (19) — Nişonov (2), Rahmatov (14).
Özbekiston — Ravşan Eliboyev., Ixtiyor Ropiyev, Husniddin Nişonov, Ilhom Hamroyev, Davron Çoriyev, Anasxon Rahmatov, Akbar Usmonov, Maşrab Odilov, Sunnat Jörayev, Xuşnur Erkinov, Muzaffar Ahadjonov, Dilşod Rahmatov, Rustam Umarov.

Gvatemala — Rossiya 1:4
Gollar: Alvarado (25, penalti) — Afanasev (2), Asadov (10), Abramov (14), Antoşkin (27).