Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent va Moskvani Markaziy Osiyodagi xavfsizlik masalalaridagi umumiy manfaatlar birlashtiradi» - Farhod Arziyev
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan «Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari» konferensiyasida so‘zga chiqqan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev O‘zbekiston va Rossiyani Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlashdagi umumiy manfaatlar birlashtirishi haqida aytib o‘tdi.
«Toshkent va Moskvani Markaziy Osiyo va umuman MDHda barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash, global muammolarni hal qilish, koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasida umumiy manfaatlar birlashtiradi», deya Arziyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
U O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik yanada mustahkamlanishi va rivojlanishi, keyingi o‘n yillik davomida o‘zaro hamkorlikda yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lishini ta'kidladi.
«Ikki tomonlama munosabatlarning mustahkam poydevori ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy taraqqiyotda yangi yutuqlarga erishish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdagi umumiy manfaat bo‘lib qolmoqda», dedi Arziyev.
Mavzuga oid
13:13 / 30.12.2021
Farhod Arziyev O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi etib tayinlandi
11:40 / 24.12.2021
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari elchi qilib jo‘natiladi
12:48 / 13.10.2021
O‘zbekiston delegatsiyasi Qo‘shilmaslik harakatining yubiley sammitida qatnashdi
12:56 / 26.08.2021