Toşkent va Farğona viloyatida bir qator firibgarlik holatlariga çek qöyildi.

DXX matbuot xizmati xabar berişiça, Toşkent viloyati Bekobod şahri hokimligining mansabdor şaxslaridan biri “Ayollar daftari” röyxatida turuvçi fuqaroga hokimlik balansida bölgan ikki xonali uy ajratilişida yordam berişini aytib, evaziga 5 ming AQŞ dollari talab qiladi.

U söralgan pulni olgan vaqtida DXX Toşkent viloyati boşqarmasi, viloyat prokuraturasi va Departament xodimlari tomonidan uşlanadi.

Şuningdek, Toşkent viloyatining Parkent tumanida yaşovçi, 1978 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs boğdorçilik va çorvaçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjaligi rahbarining işonçiga kirib, unga tanişlari orqali “Ipak Yöli” aksiyadorlik innovatsion tijorat bankining Çilonzor tuman filialidan 3 mlrd söm miqdorida kredit ajratilişiga yordam berişni va'da qiladi va evaziga umumiy kredit miqdorining 10 foizini berişini söraydi.

DXX xodimlarining Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş Departamentining Toşkent şahar boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirida firibgar şaxs söralgan pulni 28 ming AQŞ dollari ekvivalentida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Bundan taşqari, Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qiliş inspeksiyasining Farğona mintaqaviy inspeksiyasi mansabdor şaxslaridan biri qum-şağal qazib oliş faoliyati bilan şuğullanuvçi MÇJ rahbaridan “Markaziy Farğona” suv ombori atrofidagi qum barxanlaridan litsenziyasiz foydalanişiga ruxsat beriş va yuqori inspeksiyadan böladigan tekşiruvlarni hal etiş evaziga 5,6 ming AQŞ dollari olgan vaqtida DXX va Departamentning hududiy boşqarmalari xodimlari tomonidan uşlangan.

Tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida mazkur mansabdor şaxs muqaddam uşbu maqsadlarda 5 ming dollar olganligi ham ma'lum böladi.