Loyiha qişloq aholi punktlarining me'moriy qiyofasini tubdan yangilaş, hududlarni kompleks rivojlantiriş, yöl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obektlarini barpo etişga yönaltirilgan.

“Qişloq joylarni barqaror rivojlantiriş” loyihasini moliyalaştiriş uçun:

  • Islom taraqqiyot banki (ITB) direktorlar kengaşining 200 mln dollar miqdorida qarz ajratilişi töğrisidagi qarori;
  • OPeK direktorlar kengaşining OPeK xalqaro taraqqiyot jamğarmasi tomonidan 75 mln dollar miqdorida qarz ajratilişi töğrisidagi qarori ma'qullangan.

Qarzlar beş yillik imtiyozli davrni öz içiga oluvçi 20 yil muddatga beriladi.

BMT Taraqqiyot dasturining Özbekistondagi vakolatxonasi Loyihani amalga oşiriş davrida mas'ul ijro etuvçi organning hamkori sifatida faoliyat körsatadi.

Loyihani amalga oşirişda Özbekistonning uluşi 59,95 mln dollar miqdoridagi mablağlardan iborat.

Loyiha Qoraqalpoğiston, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta mahallalarda amalga oşiriladi. Uni amalga oşiriş davri - 5 yil (2021-2025 yillar).

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi loyihani öz vaqtida amalga oşiriş va muvofiqlaştiriş, şuningdek, ITB va OPeK kreditlaridan maqsadli va samarali foydalaniş böyiça mas'ul ijro etuvçi organ hisoblanadi.

Loyihani amalga oşiriş doirasida:

  • hosil böladigan QQS summasi xöjalik yurituvçi sub'yektlar mablağlari hisobidan tölanadi yoki qonunçilikda belgilangan tartibda respublika budjeti mablağlari hisobidan qoplab beriladi;
  • olib kiriladigan tovarlarni bojxona bojidan ozod qiliş va QQS summasini respublika budjeti mablağlari hisobidan qoplab beriş Özbekistonning loyihani amalga oşirişdagi uluşi deb hisoblanadi.