Buxoro neftni qayta işlaş zavodida AI–98 yuqori sifatli etillanmagan benzin işlab çiqariş özlaştirildi. Bu haqda «Özbekneftgaz» AJ matbuot xizmati ma'lumot bermoqda.

AI–98 markali avtomobil benzini, asosan siqiş darajasi 12dan 14gaça bölgan dvigatelli avtomobillarda işlatiladi. Uşbu mahsulot yuqori detonatsiyaga qarşi xususiyat (oktan xarakteristika)lari tufayli dvigatel quvvatini oşiradi hamda tezlaniş dinamikasini yaxşilaydi, tebraniş, şovqin darajasini pasaytiradi, şuningdek, yonilği sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.

Şuningdek, texnik jihatdan tartibga soliş agentligidan AI–98 markali avtomobil benzini işlab çiqariş böyiça muvofiqlik sertifikati ham olingan. 380 tonna hajmdagi benzinning fizik-kimyoviy xususiyatlari standartga binoan muvaffaqiyatli sinovdan ötkazilgan.

Qayd etilişiça, Buxoro neftni qayta işlaş zavodi tomonidan joriy yilning sentabr–dekabr oylarida 36,5 ming tonna AI–91, 13,1 ming tonna AI–92 1,4 ming tonna AI–95 yuqori oktanli avtobenzin işlab çiqarilişi kutilmoqda.

Ma'lumot uçun, 2021 yilning 1 sentabr holatiga köra, respublikada jami 729,4 ming tonna avtomobil benzini işlab çiqarilgan. Şuningdek, joriy yilning dastlabki 7 oyida 74,6 mln litr avtomobil benzini import qilingan.