Qömita ma'lumotiga köra, uy xöjaliklari tanlama kuzatuvlari ma'lumotlariga asosan, 2021 yilning yanvar-avgust holatiga 100ta uy xöjaligiga örtaça 50ta yengil avtomobil töğri kelmoqda.
Qayd etilişiça, 2010 yilda bu körsatkiç 100ta uy xöjaligiga 21ta avtomobilni taşkil etgan bölsa, 2015 yilda 100ta uy xöjaligiga örtaça 42ta yengil avtomobil töğri kelgan.
Avvalroq, Özbekistonda avgust oyida 2 dona “Gentra” işlab çiqarilgani ma'lum bölgandi.
Şuningdek, Özbekistonda avtomobil sotib oliş körsatkiçi pandemiya davriga nisbatan sezilarli pasaygani aytilgandi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillariga köra, avgust oyida respublikada avtomobillar oldi-sotdisi böyiça bitimlar soni sezilarli darajada oşib iyul oyiga nisbatan ösiş 21,4 foizni taşkil etdi.
Biroq içki bozorda bölgan talab miqdori 2020 yil avgust oyi bilan taqqoslaganda 8,6 foizga kamaydi. Buning sababi ötgan yilning iyul oyida joriy qilingan lokdaundan keyin avgust-dekabr oylarida keçiktirilgan talab qondirilişi bilan izohlanadi.

















