Internetda IIB xodimi va fuqaro kiyimidagi erkaklar Past Darğom tumani Juma buyum bozoridagi dökonni buzayotgani, ularga noma'lum ayollar qarşilik körsatayotgani aks etgan video tarqaldi. Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda viloyat IIB boşqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

MIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, majburiy ijro harakatlari sud qaroriga köra amalga oşirilgan.

“Aytiş kerakki, sud tomonidan qabul qilingan qarorlar kimningdir qonuniy manfaati uçun qabul qilinsa, boşqa taraflar bundan norozi bölişi ham tabiiy.

Aynan sud qaroriga köra, noqonuniy deb topilgan bino, qurilmaning buzilişi yoki majburiy tartibda fuqarolarni çiqariş kabi majburiy ijro harakatlari MIB xodimlari uçun ham oson keçmaydi.

Yuqoridagi video xabar böyiça tekşiriş işlari ötkazilganda, fuqarolik işlari böyiça Past Darğom tuman sudining 2020 yil 7 va 12 oktyabrdagi hamda 11 noyabrdagi qarorlariga asosan “Past Darğom buyum savdo” MÇJning 13-1B-blok 2-qavatida joylaşgan da'vogar F.R.ga tegişli savdo dökonidan javobgarlar X.J., R.A. va Ş.P.larni majburiy tartibda çiqariş va uşbu joyda qurilgan (13-1B-blok 2-qavati) yengil konstruksiyali savdo dökonlarini ularning hisobidan buzdiriş belgilangani ma'lum böldi.

Şuningdek, uşbu sudning 14.12.2020 yildagi qaroriga asosan “Past Darğom buyum savdo” MÇJning 13-1B-blok 2-qavatida joylaşgan da'vogar Z.Q. ga tegişli savdo dökonidan javobgar D.A.ni majburiy tartibda çiqariş va uşbu joyda qurilgan (13-1B-blok 2-qavati) yengil konstruksiyali savdo dökonlarini ularning hisobidan buzdiriş belgilangan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan Byuroning Past Darğom tuman bölimi tomonidan ijro hujjatida körsatilgan talablarni bajariş uçun javobgarlarga qonunda belgilangan 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Şundan söng fuqarolik işlari böyiça Past Darğom tuman sudining 2021 yil 18 yanvardagi ajrimiga asosan uşbu ijro hujjatlari yuzasidan ijro harakatlari vaqtinçalik töxtatilgan. Keyinçalik, fuqarolik işlari böyiça Past Darğom tuman sudining 2021 yil 20 avgustdagi ajrim bilan yuqorida körsatilgan ijro hujjatlari böyiça ijro harakatlarini davom ettiriş belgilangan va ijroni ta'minlaş yuzasidan majburiy ijro harakatlariga kirişilgan.

Byuroning Past Darğom tuman bölimi davlat ijroçilari tomonidan 2021 yil 8 sentyabrdagi ijro jarayonida tegişli idoralar manzilga yetib kelmaganligi sababli ijro harakatlari boşqa kunga qoldirilgan. Şundan söng 2021 yil 15 sentyabrdagi majburiy ijro harakatlari davrida qarzdorlar X.J., R.A., D.A. va Ş.P. körsatilgan savdo dökonlaridan majburiy tartibda çiqarilgan va noqonuniy qurilmalar buzdirilib, tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan.