20 sentyabrdan Özbekiston prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi taşviqotiga rasman start berildi. “Milliy tiklaniş” partiyasidan prezidentlikka nomzod Alişer Qodirov öz saylovoldi tarğibot işlarini Samarqand va Jizzax viloyatlaridan boşladi.

Qodirov 22 sentabr kuni jizzaxlik saylovçilar bilan uçraşuvda öz saylovoldi dasturida közda tutilgan ta'lim-tarbiya sifatini yanada samarali yölga qöyiş uçun amalga oşiriladigan islohotlar haqida gapirdi. Nomzod xususiy ta'limni rivojlantiriş fondini taşkil etiş haqida taklif berdi.

“Maktab şaroitlarini zör qilib qöyganimiz bilan, öqituvçilarni rozi qilolmasak közlagan natijaga erişolmaymiz. Kelajak ta'limdagi xatolarni keçirmaydi.

Nomzod sifatidagi eng ustuvor vazifam – boğçada tarbiyaçilar, maktabda öqituvçilarning yangi avlodini yaratiş. Oliygohlarda talabalarga tarbiya soatini ötadiganlar emas, öz sohasining yetuk mutaxassislari dars berişini ta'minlaşdir”, dedi Alişer Qodirov.

U kelgusida pedagoglarni tayyorlaş tizimini va oliygohlarini tubdan özgartirişni, öqituvçilarni pedagogik qobiliyatlarini ham baholaş lozimligini aytdi.

“Pedagoglar bu xuddi çegaralarni qöriqlayotgan askarlarga öxşaydi. Askar çegarani taşqi duşmanlardan qöriqlasa, pedagog bolalarimiz ongini buzğunçi ğoyalardan qöriqlaydi. Nima uçun askarni ming çiğiriqdan ötkazib tanlaymiz-u, pedagog bölmoqçi bölganlarni past ball olsa ham öqişga qabul qilaveramiz? Nima uçun pedagogik qobiliyati bölmaganlarga farzandlarimiz kelajagini topşirişimiz kerak?” dedi u.

Nomzodning işonçli vakillaridan biri dasturda belgilangan eng muhim yangiliklardan biri – pedagog xodimlarga 50 yoşdan pensiyaga çiqiş huquqining berilişi ekanligini ma'lum qildi.