Fransiya prezidenti Emmanuel Makron keyingi haftada mamlakatning AQŞdagi elçisini Vaşingtonga qaytarişga körsatma berdi. Elçi Avstraliya Fransiya bilan suvosti kemalari yetkazilişi böyiça şartnomadan çiqanidan keyin ortga çaqirtirib olingandi. Parij uşbu şartnomaning yöqqa çiqişida AQŞni ayblagan.
Makron AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan telefon suhbatidan keyin elçini qaytarişga qaror qilgan.
Ikki yetakçi suhbat davomida işonçni tiklaş böyiça maslahatlaşuvlar jarayonini boşlaşga va oktabr oxirida Yevropada uçraşişga kelişib olgan.
Ötgan hafta AQŞ, Avstraliya va Britaniya mudofaa sohasida yangi alyans AUKUS’ni taşkil etişini e'lon qilgan. Uşbu alyans doirasida Avstraliyani AQŞ suvosti kemalari bilan ta'minlaş közda tutilgan. Buning ortida Avstraliya Fransiya bilan suvosti kemalari yetkaziş böyiça 66 mlrd dollarlik şartnomadan voz keçgan. Parijda ittifoqdoş davlatlarning qarori “orqadan piçoq sançiş” deb baholangan va keyinroq Fransiyaning AQŞ va Avstraliyadagi elçilari ortga çaqirtirib olingan.












