OTB mamlakat iqtisodiyotining 2021 yilning birinçi yarmida 6,2 foizga ösişini qayd etgan. Bunga birinçi navbatda sanoatda işlab çiqariş hajmining ötgan yilga nisbatan oşişi tufayli erişilgani aytilgan. Şuningdek, xizmat körsatiş sohasidagi ösiş 8 foizgaça tezlaşgan.

«Hukumatning SOVID-19ga qarşi emlaş dasturini samarali amalga oşirişi Özbekiston xalqini himoya qiliş, işonçni tiklaş va joriy yilning birinçi yarmidagi istiqbolli ösişning asosi böldi», deya ta'kidlagan OTBning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sindi Malviçini.

Inflatsiya 2021 yilning birinçi yarmida sekinlaşgan va ötgan yilgi 13,9 foizdan 10,9 foizgaça tuşdi. Oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqarişning yaxşilanişi oziq-ovqat narxining ösişini sekinlaştirişga yordam bergan, elektr va gaz uçun tariflar özgarişsiz qolgan. Şu sabab OTB 2021 va 2022 yillar uçun inflatsiya prognozlarini mos ravişda 10 foiz va 9 foiz körsatkiçlarda saqlab qoldi.

Avvalroq, OTB 2021 yilda Özbekistonda yalpi içki mahsulot (YaIM) 4 foiz va 2022 yilda 5 foiz darajasida ösişini prognoz qilgandi.