Rossiya 5 oktyabrdan boşlab Özbekiston şaharlariga muntazam qatnovlar sonini ikki taraflama asosda köpaytiradi. Bu haqda mamlakatning koronavirus tarqalişiga qarşi kuraş böyiça tezkor ştabi ma'lumotida aytilgan.

Xususan, quyidagi yönalişlar böyiça reyslar yölga qöyiladi: 

  • «Moskva - Toşkent» - haftasiga 4 tagaça reys;
  • «Moskva - Buxoro» - haftasiga 2 ta reys;
  • «Moskva - Urganç» - haftasiga 1 ta reys;
  • «Moskva - Samarqand» - haftasiga 2 ta reys;
  • «Moskva - Namangan» - haftasiga 1 ta reys;
  • «Moskva - Farğona» - haftasiga 1 ta reys;
  • «Moskva - Andijon» - haftasiga 1 ta reys;
  • «Moskva - Termiz» - haftasiga 1 ta reys.

Bu faqat Rossiya aviakompaniyalarining reyslari, Özbekiston tomoni ham şunça parvozlarni amalga oşiriş imkoniyatiga ega.

Bundan taşqari, operativ ştab xalqaro parvozlar tiklangan Rossiya aeroportlaridan har bir yönaliş böyiça haftasiga 1 marta Özbekistonning yuqoridagi şaharlariga muntazam parvozlarni amalga oşirişga ruxsat berdi.