Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida eri va qaynonasining tazyiqlari tufayli ayol va uning 16 yoşli qizi özini osgan. Oqibatda ularning ikkalasi ham vafot etgan. Bu haqda Oliy Sud Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi boşliği Aziz Obidov xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Kattaqörğon tumanida yaşovçi ayol faqat qiz farzandlar körgani uçun qaynonasi va eri tomonidan yillar davomida tahqirlangan. Bundan mahalla raisi va boşqa mutasaddilarning xabari bölgan.
Qayd etilişiça, 2020 yil noyabr oyida bu oilada yana janjal sodir bölgan. Er turmuş örtoğini yaqin qarindoşlariga tegişli dökondan turli narsalarni qaynonasi nomiga qarz olişda ayblagan va tanasining turli joylariga elektr kabeli, qöl hamda oyoqlari bilan urib jarohat yetkazgan.
Bundan taşqari, 2020 yil dekabr oyida qaynona öz kelini bölgan ayolni urib, yuziga qaynoq suv sepib yuborgan.
Oilaning 16 yoşli tönğiç qizi oiladagi notinçliklar va onasiga qilingan tazyiqlarga çidolmay, yaşaş uyi oğilxonasida arqon bilan özini osgan. Oradan 2 soat ötib, ayol ham qizi ösgan joyda öz joniga qasd qilgan va ular vafot etgan.
Mazkur hodisa böyiça suriştiruv olib borgan prokuratura er va qaynonadan taşqari, mazkur oiladagi notinçlikka befarq qaragan içki işlar organi xodimlarining xatti-harakatlariga qonuniy baho berilişini bildirgan. Bunga sabab garçi ayolga himoya orderi berilgan bölsa ham, u kuzatuvga olinmagan. Oila yetarliça darajada nazorat qilinmagan. Şuningdek, öz joniga qasd qilgan qiz öqigan maktab direktori, mahalla raisiga ham tegişli çora körilişi ma'lum qilingan.
Ta'kidlanişiça, Kattaqörğon tumanida bölib ötgan oçiq sud majlisida er Jinoyat kodeksining 103-moddasi (Özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş) 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. U 7 yil ozodlikdan mahrum etilgan. Qaynonaga esa 4 yil ozodlikdan çeklaş jazosi tayinlangan.
Qaşqadaryoda 17 yoşli qizni zörlab, joniga qasd qilişiga sababçi bölgan şaxsga sud hukmi öqildi












