Xuan Laporta «Barselona» prezidentligiga qaytiş uçun hamma işni qildi. Hatto Messidan ham foydalandi. Saylovçilarga Messini klubda olib qolişini aytib, prezident böldi. Keyin esa La Liga çeklovlari tufayli yulduz futbolçi baribir ketişga majbur böldi. Klub rahbariyati buni Messining maoşiga pul topa olmay qolganliklari bilan izohlaşdi, lekin maoşi ikki baravar qisqarişiga rozi bölgan futbolçiga ta'tildan qaytişi bilan yangi şartnoma imzolaşini aytişgandi.

Laporta Messini qöyib yuboriş bilan çeklanmadi. Emerson, Moriba kabi klub kelajagi deb qaralayotgan yaxşi futbolçilar sotib yuborildi, Pikening maoşi qisqardi, Agueroga yangi klub topişi aytildi. Va transfer oynasida şarmandali yuriş qilinib, Grizmann örniga Lyuk de Yong olib kelindi. Fransiyani jahon çempionligiga olib borgan Grizmann örniga Lyuk de Yongni olib keliş uçun faqat Laporta yoki Kuman böliş kerak.

Xullas, «Barselona»da qiyin damlar keçayotgani «Granada» bilan öyinda yana bir bor böy körsatdi va klub muxlislarini jiddiy öyga toldirib qöydi. Butun boşli öyin davomida «Barselona» safida eng köp zarba yöllagan futbolçi markaziy himoyada öynagan Arauxo böldi, tasavvur qilyapsizmi? Va oxirgi daqiqada gol urgan himoyaçi jamoasini şarmandali mağlubiyatdan qutqarib qoldi.

6-turda yana bir kamtargina jamoa «Kadis» bilan öyinda kataloniyaliklar gol ura olişmadi (0:0), mavsumdagi uçinçi durangdan keyin jamoa 9 oçko bilan turnir jadvalining 7-örnida joylaşgan.

«Barselona» öyinlar davomida tinimsiz krosslarni amalga oşiriş orqali natijaga erişişga intilmoqda. Vaholanki doim texnikasi yuqori futbolçilar öynagan «Barselona» heç qaçon bunaqa oddiy köça uslubida futbol öynamagan. Kuman de Yongni olib keliş orqali töpni ikkinçi qavatga yetkazib berib, de Yongning boş bilan urgan gollari evaziga çempionlikni közlagan körinadi.

Iqtisodiy muammo

Hozir «Barselona» jiddiy iqtisodiy muammoni boşdan keçirmoqda. Ötgan yili jamoa 500 million yevroga yaqin pul yöqotgan. Buni qarangki, bu haqda öz vaqtida Messini 500 million yevroga olişi mumkin bölgan «PSJ» uni tekinga qöl kiritgan vaqtda gapiryapmiz. Hozir Ronald Kumanning iste'fosi haqida gapirilyapti, lekin bu ham oson iş emas. «Barselona» niderlandiyalik murabbiyni ketkaziş uçun kamida 12 million yevro kompensatsiya tölaşi kerak. Özi şundoğam oldingi murabbiy Kiki Setendan qarzini uzişda davom etayotgan klub Kumanni ketkazsa, yangi murabbiyga ham «otning kallasidek» maoş berişini inobatga olsak, bir vaqtning özida uç murabbiyga maoş berayotgan böladi. Bu esa yillik maoşini 3 million yevroga kötarişni söragani uçun Moribani sotib yuborgan «Barselona» uçun oğirlik qilişi tabiiy.