Bu haqda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi 23 sentabr kuni ötkazilgan davra suhbatida ma'lum qildi, deya xabar berdi Kun.uz muxbiri.

«Şunday taklif tayyorladikki, unga köra, mansabdor şaxslar yoki davlat organlariga jurnalistni sudga berişdan avval Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi xulosasini oliş kerak.

Agar uyuşma va uning huzuridagi jamoatçilik kengaşi tomonidan jurnalist kasbiy faoliyatiga zid harakat qilgan deb topilsa, uni sudga beriş mumkin. Bu taklif hozir tegişli organlarda idoralarda muhokamada. Öylaymanki, taklif tez kunlarda öz ijrosini topadi», – dedi Olimjon Ösarov.

Uning qöşimça qilişiça, tez orada Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi huzurida hakamlik sudi ham taşkil qilinişi mumkin.

«Bu orqali esa fuqaroviy, huquqiy va boşqa munosabatlarni hakamlar sudida körib çiqiş rejalaştirilmoqda. Masalan, Xalq ta'limi vaziri jurnalistni sudga berdi. Bir ikki marta sud majlislari ötkazildi. Oxirida u da'vosini qaytib oldi. Bunday holatlar boşqa vazirliklarda ham kuzatildi. Şuning uçun hakamlar sudi ikki tomonni yaraştiriş yoki munosabatlarga aniqlik kiritiş böyiça işni körib çiqişi nazarda tutilmoqda», – dedi Ösarov.