“Murakkab tanlov qarşisida turibmiz. 5 nafar nomzod bor, heç kim siz saylovçilarga körsatmay bermaydi, özingiz tanlagan, yuraklaringizga quloq tuting, şu mamlakatga eng köp nafi tegadigan nomzodga ovoz bering. Bugungi muloqotimizda ham men köproq sizlarni eşitmoqçiman”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev konvertatsiya masalasi haqida gapirib ötdi.
“Konvertatsiya masalasi xalqimizni neça yil qiynadi. Bu böyiça qarorga imzo çekişdan oldin Qirğizistonda edim. Meni bu qarordan qaytarişdi va “agar bunday qilsangiz narxlar oşib ketadi va norozilik mitingi böladi” deyişdi. “Men bu muhim qadam uçun 1,5 yil tayyorlandim. Heç qanday muammo bölmaydi” deb javob berdim.
Mana, hammasi joyida. Tadbirkorlar bemalol işlaşyapti, xalqimiz foydalanyapti. Qabul qilib olganimizda 24 mlrd dollar zaxiramiz bor edi. Hozir 35 mlrd dollardan oşdi. Çunki har bir sömni maqsadli işlatyapmiz”, deya nomzodning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

















