Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova bugun Samarqand şahrida saylovçilar bilan navbatdagi uçraşuvini ötkazdi.

Uçraşuvda ÖzXDP Markaziy Kengaşi mas'ul xodimlari, Samarqand viloyatidagi tuman va şaharlar saylovçilari, talaba-yoşlar, jamoat taşkilotlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari vakillari, mahalliy kengaşlar deputatlari, partiya faollari iştirok etdi.

Uçraşuvni Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengaşi raisi Badriddin Nasriyev olib bordi. U saylovçilarga nomzodning tarjimai holi haqida batafsil ma'lumot berdi.

Şundan söng söz Xalq demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Maqsuda Vorisovaga berildi. Nomzod öz ma'ruzasida Saylovoldi dasturidagi ustuvor yönalişlar bilan yiğiliş iştirokçilarini taniştirdi. Jumladan, Dasturda aholi manfaatlarini ta'minlaşga qaratilgan kuçli ijtimoiy siyosat yuritiş tamoyillari belgilab berilgani, aholining daromadiga qarab tabaqalaştirilgan soliq soliş tizimini joriy etiş, har bir insonning minimal ijtimoiy xizmatlarni bepul olişini qonunçilik darajasida kafolatlaş, aholining kam ta'minlangan qatlamlariga bepul, sifatli va tölaqonli birlamçi tibbiy yordam körsatiş, yoşlarning kasb-hunar tanlaşi, bepul va sifatli ta'lim olişi, öquv muassasalarini tugatgandan söng işga joylaşiş kafolatini mustahkamlaş, pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvçilarning hayotiy ehtiyojlarini tölaqonli qondirişni kafolatlaydigan pensiya va ijtimoiy ta'minotning maqbul tizimini şakllantiriş kabi bir qator masalalarga e'tibor qaratilgani ta'kidlandi.

Şuningdek, Maqsuda Vorisova aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, jumladan, nogironligi bölgan şaxslar, nogiron farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalar, oğir ijtimoiy ahvolga tuşgan ayollar uçun arzon uy-joylar qurilişini yanada kengaytiriş, mamlakatda zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida quriliş materiallari va konstruksiyalar işlab çiqarişni rağbatlantiriş, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uçun arzon uy-joy qurişga imtiyozli ipoteka krediti beriş amaliyotini takomillaştiriş masalalari rejalaştirilayotganini ma'lum qildi.