“Şundan 2 mingtasi ehtiyojmand oilalarga ajratilib, ularga ipoteka krediti böyiça subsidiya beriladi.
Hammangiz xabardorsiz, şu yil iyun oyida yaxşi niyat bilan “Yangi Andijon” şahriga tamal toşini qöydik. Uşbu yirik loyihaning birinçi bosqiçida 192 ta köp qavatli uy qurilib, 5 mingdan ziyod oila öz boşpanasiga ega böladi. Andijon va Yangi Andijon şaharlarini boğlovçi 16 kilometrlik tezyurar avtobus yönalişi taşkil etiladi.
Şuningdek, viloyatda “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida har yili kamida 30 ta qişloq va mahalla obodonlaştiriladi va ijtimoiy obektlar ta'mirlanadi. Bunga har yili qariyb 500 milliard söm yönaltiriladi.
Markazlaşgan içimlik suv ta'minoti darajasi 82 foizdan 90 foizga yetkaziladi. Buning uçun, kelgusi beş yilda 5 ming 700 kilometr içimlik suvi va 813 kilometr kanalizatsiya tarmoqlari, 1 mingdan ziyod suv inşootlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi. Ana şunday işlar hisobidan, viloyatda 1 million aholining toza içimlik suvi ta'minoti yaxşilanadi. Bu maqsadlar uçun 6 trillion söm ajratiladi.
Kelgusi beş yilda 4,5 ming kilometr içki yöllar, 286 ta köpriklarni quriş va ta'mirlaş işlari amalga oşiriladi. Bunga 3 trillion sömdan ziyod mablağ yönaltiriladi.
“Andijon – Xonobod” temir yöli elektrlaştiriladi va şaharlararo yölovçi poyezdlar yölga qöyiladi. Andijon aeroporti rekonstruksiya qilinib, aviaqatnovlar soni kamida 5 barobar köpaytiriladi. Viloyatda 79 ta yangi avtobus yönalişlari oçilib, 531 ta mahalla jamoat transporti qatnovi bilan qamrab olinadi”, dedi Şavkat Mirziyoyev.












