Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati bakalavriat ta'lim yönalişlari böyiça tabaqalaştirilgan tölov-kontraktning minimal miqdorlari (superkontrakt) tasdiqlangani (PDF) haqida xabar qildi.

«Superkontraktning minimal miqdorlari 2021/2022 öquv yili qabulida bakalavriat ta'lim yönalişlariga kiriş imtihonlari natijalariga köra töplagan ballari tasdiqlangan tölov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari çegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bölmagan holda, qöşimça ravişda öqiş istagini bildirgan abituriyentlarning birinçi öquv yili uçun amalda belgilangan bazaviy tölov-kontrakt miqdorlariga nisbatan olingan», deyiladi vazirlik xabarida.

Şuningdek, superkontraktlarning minimal miqdorlarini hisoblaşda 2021/2022 öquv yili uçun amalda belgilangan bakalavriat ta'lim yönalişlari böyiça bitta talabani tölov-kontrakt şaklida stipendiyasiz bazaviy tölov-kontrakt böyiça öqitiş qiymati qöllanilişi va koronavirus infeksiyasiga qarşi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlarga belgilangan tabaqalaştirilgan tölov-kontraktning minimal miqdoriga 10 foizli çegirma berilişi belgilangan.

Super-kontraktda 0,05 ball uçun yengillik berildi

Joriy yilda istisno tariqasida super-kontrakt miqdorini arzonlaştirilgan holda tölanadigan 4 ballik çegarada 0,05 ball qöşiladigan böldi. Ya'ni:

  • 1,05 ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun – bazaviy tölov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
  • 1,06 balldan 2,05 ballgaça — 2,0 barobari;
  • 2,06 balldan 3,05 ballgaça — 2,5 barobari;
  • 3,06 balldan 4,05 ballgaça — 3,0 barobari.