Statistik ma'lumotlarga köra, dunyoda energiya iste'molining 23 foizi xususiy turar joy fondiga töğri kelsa, Özbekistonda bu raqam 40 foizni taşkil etmoqda. Vazirlik Axborot xizmati rahbari Sabina Bekmurodovaning ma'lum qilişiça, Yevropada 1 kvadrat metr uçun energiya iste'moli yiliga 120-150 kVt/soat bölsa, Özbekistonda şu maydon uçun körsatkiç 390 kVt/soatdan oşmoqda. Ta'kidlanişiça, energiyadan samarali foydalaniş yölga qöyilmas ekan, energiya manbalarini işlab çiqariş qançalik köpaytirilmasin, ortib borayotgan talabni ta'minlaş muşkul vazifa bölib qoladi.
Misol uçun, bugun aholi farovonligi oşayotganligi sababli har bir xonadonda kamida bitta televizor, kir yuviş maşinasi, çangyutkiç, konditsioner kabi maişiy texnikalar bor. Elektron uy jihozlaridan foydalanib bölgaç, rozetkadan uzib qöyilmasligi ham energiya sarfiga sabab böladi.
Birgina oddiy telefon quvvatlagiçini olaylik. U elektr rozetkasiga ulangan holda kunu tun qolsa, örtaça bir oyda 1,5 kVt/soat, yiliga 18 kVt/soat energiya sarflaydi. Respublika miqyosida örtaça 7 million xonadonning har birida bittadan quvvatlagiç rozetkada qolsa, bir oylik va bir yillik energiya sarfi qança bölişini hisoblaş unçalik ham qiyinçilik tuğdirmaydi.
Mutaxassislarning elektr energiya tejamkorligini ta'minlaş maqsadida ötkazgan örganişlaridan ma'lum bölişiça, hozirda Özbekistondagi har bir xonadonda (örtaça 7 million xonadon elektr ta'minotiga ulangan) bir yilda örtaça bitta xonadon 400 kVt/soatgaça elektr energiyasini tejaş imkoniyati bor. Bu körsatkiç respublika böyiça örtaça 2,8 milliard kVt/soatga aylanadi.
2,8 mlrd kVt/soat tejalgan elektr energiyasi örtaça bir viloyatni bir yil mobaynida uzluksiz elektr energiya bilan ta'minlaş imkonini beradi.











