Agentlik xabariga köra, mazkur turdagi platformalar manzillarini boşqa davlatlarda röyxatdan ötkizib, Özbekistonda serverlari örnatilmasdan, köp holatlarda fuqarolarning şaxsiy ma'lumotlarini sörab olgan holda, ularga kripto-aktivlarni sotiş, sotib oliş yoki ayirboşlaşni taklif etmoqda.
Agentlik mazkur turdagi platformalardan misol keltirgan:
- https://webmoneytashkent.com;
- https://wmztashkent.com;
- https://wm-torg.com;
- https://uzwmz.com;
- https://blockchainuz.com;
- https://bitcointashkent.com.
“Şu bilan birga, uşbu turdagi faoliyat “Telegram” guruh va botlari orqali ham amalga oşirilib, ularning taşkilotçilari töliq anonim bölib, kerak bölganda uşbu guruh va botlarni darhol öçirişlari mumkin”, deyiladi ma'lumotda.
Agentlik bu turdagi platformalar yordamida kripto-aktivlar bilan ötkazilayotgan operatsiyalar uçun heç qanday huquqiy javobgarlikka tortiş imkoni mavjud emasligi va ular ötkazilayotgan bitimlar qonuniyligini hamda fuqarolar şaxsiy ma'lumotlari saqlanişini ta'minlanişiga kafolat bera olmasligini inobatga olib, fuqarolarni imkon qadar huşyorlikka va ehtiyot bölişga çaqirgan.
“Agar sizda Özbekiston hududida şubhali sxemalar asosida kripto-aktivlar yordamida iş yuritayotgan ayrim kompaniyalar yoki şaxslarning faoliyati töğrisida ma'lumot bölsa, qonunda belgilangan tartibda Özbekiston huquqni muhofaza qiliş organlariga xabar berişingizni söraymiz.
Şuningdek, agar kripto-aktivlarni noqonuniy maqsadlarda yoki firibgarlik uçun işlatayotgan kompaniyalar haqida ma'lumot bölsa, agentlikning [email protected] elektron manziliga tegişli ma'lumotlarni yuborişingizni söraymiz”, deyiladi xabarda.
Şu bilan birga, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi, jumladan kripto-aktivlar savdosi böyiça kripto-birjalar yaratiş faoliyati litsenziyalanişi lozimligi aytilgan.












