Hamkorlik bitimlari Şörtan gaz-kimyo majmuasining işlab çiqariş quvvatlarini kengaytirişni moliyalaştiriş uçun 1,1 milliard yevro miqdoridagi kapitalni öz içiga oladi. Deutsche Bank bilan 500 million yevrolik, Landesbank Baden-Wuerttemberg bilan 300 million yevrolik va Landesbank Hessen-Thüringen Girozentrale (Helaba) bilan 300 million yevrolik bitimlar imzolandi.

Şörtan gaz-kimyo majmuasini modernizatsiya qiliş loyihasi davlat kafolatlarisiz eksportni moliyalaştiriş asosida moliyalaştirilgani sababli, Yevropa banklari iştiroki Özbekistonning sarmoyaviy jozibadorligining muhim tasdiğidir, deb ma’lum qildi «Özbekneftgaz».

«Şörtan gaz-kimyo majmuasida işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş - yuqori qöşilgan qiymatga ega neft-kimyo mahsulotlarini işlab çiqariş uçun uglevodorodlarni çuqur qayta işlaş hajmini oşiriş maqsadimizga erişiş yölida yana bir qadam», - dedi «Özbekneftgaz» AJ boşqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev.