Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Lasetti mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida Lasetti mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 29 sentyabr kuni soat 08:05larda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Mustaqillik ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Lasetti mashinasining gaz balloni portlab ketgan.
Hodisa oqibatida mashinaning egasi bo‘lgan haydovchi yengil tan jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan. Lasetti mashinasi esa yaroqsiz holga kelgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuz bergan joyga viloyat FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarilgan. Hozirda hodisa sababi aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 07.03.2026
Qashqadaryoda ko‘chada turgan Damas portlab ketdi
17:33 / 03.10.2025
1 noyabrdan boshlab avtomobilga gazballon o‘rnatilganidan keyin texpasport almashtirilmaydi
15:10 / 29.08.2025
Avtomobilga gazballon o‘rnatish uchun ruxsatnomani olish osonlashdi
11:50 / 14.07.2025