Politsiyaning “Kobra” zirhli maşinalari kolonnasi Zugdidi şahridan Ajariya regionining poytaxti bölgan Batumi tomon harakatlanayotgani kuzatilgan. 

Maxsus kuçlar esa şaharga özlarining şaxsiy maşinalarida yöl olişgan.

Avvalroq Gruziyaning sobiq prezidenti, hozirda Ukraina islohotlar milliy kengaşi ijroiya qömitasi rahbari lavozimini egallayotgan Mixail Saakaşvili Facebook’da 8 yillik immigratsiyadan keyin Gruziyaga kelganini va hozirda Batumida ekanini ma'lum qilgan. Siyosatçi mamlakatda ötadigan munitsipal saylovlardan keyin 3 oktyabrda Tbilisida ötadigan norozilik namoyişlarida iştirok etmoqçiligini qöşimça qilgan.

Gruziya içki işlar vazirligida Saakaşvilining respublikada ekani haqida ma'lumotga ega emasliklari ma'lum qilingan.

Gruziyada Saakaşvili bir neçta jinoiy iş böyiça aybdor deb topilgan va ularning ikkitasi böyiça sirtdan jazo hukmiga tortilgan. Respublika rahbariyati siyosatçi Gruziyaga qaytgudek bölsa, uni turma kutayotganini aytgan. 

Avvalroq Saakaşvili Gruziyani qutqariş uçun vataniga qaytişini, şu sababli 2 oktyabrga Tbilisiga aviaçipta sotib olganini ma'lum qilgandi.