Argentinalik sudya Martin Bava Argentinaning sobiq prezidenti Maurisio Makrini noqonuniy kuzatuv olib boriş işi böyiça söroqqa çaqirtirdi va unga mamlakatni tark etişni taqiqlab qöydi. Bu haqda La Nacion naşri ma'lum qildi.
Tergov ma'lumotlariga köra, Argentinaning federal razvedka agentligi 2017-2018 yillarda “San Xuan” suvosti kemasi ekipaji a'zolarining qarindoşlari ortidan kuzatuv olib borgan. Kema 2017 yil noyabrda çökib ketgandi.
Sudyaning ta'kidlaşiça, kuzatuv olib boriş borasida qaror qabul qiliş uçun javobgarlik nafaqat razvedka, balki Argentinaning öşa vaqtdagi prezidenti Makri zimmasida ham yotadi.
Makri sudga 7 oktyabrda kelişi belgilangan. Ayni vaqtda u AQŞda qolmoqda.
Bortida 44 kişi bölgan “San-Xuan” suvosti kemasi 2017 yil 15 noyabrda aloqaga çiqmay qöygan. Kema yöqolgan kun ekipaj qömondonlikka kemaning akkumulyator bölmasiga suv kirgani, bu qisqa tutaşuvga va uning natijasida yonğinga olib kelganini ma'lum qilgan.
Kemani qidirişda 18 ta davlat kemalari va aviatsiyasi iştirok etgan. AQŞning Ocean Infinity xususiy kompaniyasi kemani bir yil ötgaç, 2018 yil noyabrda 907 metr çuqurlikda aniqlagan.
Maurisio Makri Argentinaga 2015 yil dekabrdan 2019 yil dekabrgaça prezidentlik qilgan.











