Moskvadagi Şeremetevo aeroportida qölga olingan huquq himoyaçisi Valentina Çupik Yerevanga uçib ketdi. Bu haqda uning yordamçisi Aleksandr Kim ma'lum qildi.
«Özbekiston Valentina Çupikka yangi xorijga çiqiş pasportini berdi. U bir soat avval Yerevanga uçib ketdi», – dedi Kim.
Huquq himoyaçisining kelgusi rejalari aniq emas – uning vakillari Ukraina hukumatidan Çupik va uning 84 yoşli onasi Lyubov Kodensova uçun boşpana sörab murojaat qilgan, ammo hozirça javob olişmagan.
Çupik 25 sentyabr kuni Şeremetevo aeroportida uşlangandi. U 17 sentyabrda Rossiyada qoçqin maqomidan mahrum qilingan. Şuningdek, unga 2051 yilgaça Rossiyaga kiriş taqiqlangan.
30 sentyabr kuni Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi Rossiya hukumatiga huquq himoyaçisi Valentina Çupikni Özbekistonga deportatsiya qilişni taqiqladi.
Valentina Çupik migrantlarga yordam beriş bilan şuğullanuvçi Tong Jahoni notijorat taşkiloti rahbari hisoblanadi.
U Özbekistonni 2006 yilda tark etgan.













