Rossiyada migrantlarga bepul huquqiy xizmat körsatuvçi advokat Valentina Çupik Rossiya rasmiylari mehnat migrantlarini uruşga yuboriş uçun qanday aldayotgani haqida gapirib berdi.
«Barça holatlar öxşaş: migrantlar turli sabablarga köra hibsga olinadi, bunda Rossiyada qonuniy ravişda böliş-bölmasligingiz muhim emas. Ularni politsiya bölimiga olib ketişadi, keyin deportatsiya yoki zöravonlik bilan qörqitişadi, natijada ular tuşunarsiz qoğozlarga imzo çekişga majbur böladi. Şu bilan birga, politsiya tilni bilmaslik, şaxsning huquqiy savodsizligidan foydalanadi. Ayrim hollarda qölga olinganlar tegişli hujjatlarga imzo çeksa, ozodlikka çiqarilişi va’da qilinib, aldanadi», dedi Çupik.
Advokat sözlariga köra, hujjatlarga imzo çekkan migrantlar darhol harbiy bazaga yuborilmoqda.
«Migrantlar agar uşbu hujjatlarni imzolagan bölsa, harbiy bazaga olib boradigan boşqa transportga ötqaziladi. U yerdan frontga jönatişadi. Bu Rossiya Mudofaa vazirligi yoki xususiy harbiy taşkilotning bazasi bölişi mumkin», dedi u.
Migrantlar bu vaziyatdan qanday çiqişi mumkin, degan savolga javob berar ekan, Çupik bu borada ularga faqat mamlakat elçixonasi yordam berişi mumkinligini aytdi.
«Tojikiston elçixonasi doimiy ravişda bunday holatlarga munosabat bildiradi. Özbekiston elçixonasi kamroq bölsa-da, öz fuqarolariga yordam berişga harakat qiladi. Ammo Qirğiziston elçixonasi barça murojaatlarni e’tiborsiz qoldirmoqda», dedi Çupik.













