— Rossiyada bölganlar uçun mening maslahatlarim: Iloji bölsa, Rossiyani tark eting. Ketiş imkonsiz bölsa, imzolanadigan har qanday hujjatlarga juda ehtiyot böling. Ayniqsa, imzoni sizdan bosim ostida, hujjatni öqişga imkon bermay, şoşilinç ravişda olişga urinayotgan bölişsa.

Gap şundaki, Saxarovo migratsiya markazida migrantlarga imzolaş uçun hujjatlar töplami: patent oliş uçun ariza, suğurta polisi, MM bilan şartnoma, rus tilini biliş sertifikati – katta qoğoz töplami beriladi va ular yarim daqiqada darhol imzolanişi talab qilinadi. Şularning orasiga kiçik harflarda bosilgan, ixtiyoriy harbiy xizmatni ötaş uçun ikki varaqdan iborat şartnoma qöyişadi.

Migrant unga imzo çekib, harbiy xizmatga qabul qilinganini, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 154-moddasini buzganini, jinoyat sodir etganini – yollanma askarga aylanganini bilmay ham qoladi.

Şuning uçun hammadan juda ehtiyot bölişni sörayman. Xuddi şu narsa vaqti-vaqti bilan politsiyada ham sodir böladi: ozod qiliş şarti sifatida bir varaq qoğozga imzo çekişga majbur qilişadi. Iltimos, u yerda nima yozilganini tuşunmasangiz, imzo qöymang, rasmga oling va menga yuboring (Telegram-manzil: @Valentina_Chupik). Men doim aloqadaman va sizga yordam berişga harakat qilaman.

Muhojirlardan har qanday şartnomalarni imzolaşda juda ehtiyot bölişlarini sörayman, çunki Rossiya prezidenti farmonida ğoyat qiziq – 6-bandning 2-bandosti mavjud bölib, u barça safarbarlik “qöşimça moliyalaştirişsiz” amalga oşirilişi aytilgan. Bu degani – mudofaa topşiriqlarini bajarayotgan odamlarga yo umuman pul tölanmaydi, yoki eng kam oylik iş haqi tölanadi, degani.

Şunga köra, men sizga heç qanday davlat korxonalari yoki biron bir “mudofaa buyurtmasi” korxonalari bilan şartnoma tuzmaslikni maslahat beraman, çunki siz şunçaki qullikka tuşib qolişingiz mumkin, qonun sizni maoşsiz işlatişga imkon beradi.

Va takror aytaman: iloji bölsa, keting, yaqin kelajakda Rossiyada heç qanday yaxşi narsa kutilmaydi.

— Endi, iltimos, harbiy çaqiruv qoğozini olgan odamlarga tavsiyalar bersangiz.

— Agar siz çaqiruv qoğozini olgan bölsangiz va uni imzolagan bölsangiz yoki sizning qarindoşlaringiz çaqiruvga imzo çekkan bölsa, unda çaqirilgan joyga bormaslik – ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi. Bu faqat 500 dan 3000 rublgaça jarima degani. Ammo sizni röyxatga oliş idorasiga majburiy keltirişlari mumkin.