Afğonistonda xudkuşlar bataloni tuzildi, deb ma'lum qildi Badaxşon viloyati gubernatori örinbosari Nisor Ahmad Ahmadiy. Bu haqda The Khaama Press xabar bermoqda.

Xabarda aytilişiça, ular Badaxşon viloyatining Tojikiston va Xitoy bilan çegaralariga yuboriladi.

Nisor Ahmad Ahmadiyning sözlariga köra, batalon «Laşkari Mansuriy» deb nomlanadi. U mazkur batalondagilarni ölimdan qörqmaydiganlar deb atagan.

«Tolibon», şuningdek, «Badri 313» deb nomlanuvçi batalonga ega. Toliblarning maxsus kuçlari hisoblangan uşbu batalon jangçilari avgustda poytaxt Kobulni egallaşda faol iştirok etgan.