Yangi kupyuralarda avvalgisiga qaraganda 6ta nol kamroq bölib, u hisob-kitoblarni yengillaştiriş maqsadida çiqarilgan.

Bungaça eng katta qiymatdagi kupyura 1 million bolivar bölgan. U 25 AQŞ sentidan kamroq turgan. Endilikda eng katta banknota 100 bolivar qiymatga ega va u 25 dollardan sal kamroq turadi.

Venesuela markaziy banki bolivar denominatsiya qilinişini sentyabrda e'lon qilgan. Bungaça mamlakatda 2 litrli gazli içimlik 8 mln bolivarni taşkil qilgan bir holatda, fuqarolarga kuniga 20 mln bolivardan köproq summa yeçişga ruxsat berilmagan. 

Venesuela hukumati uçinçi marta milliy valutani denominatsiya qilmoqda. Bungaça bolivardan 2008 yilda 3ta nol va 2018 yilda esa 5ta nol olib taşlangan edi.