Qömita xabariga köra, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida Özbekistonga qiymati 100 mln AQŞ dollariga teng bölgan 281,6 mln litr avtomobil benzini import qilingan. 

Avtomobil benzini importi ötgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 barobarga oşgan.

Özbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar quyidagiça: 

  • Rossiya – 139 mln litr; 
  • Turkmaniston – 121 mln litr;    
  • Qozoğiston – 16 mln litr; 
  • Iroq – 3,6 mln litr.  

8 oyda qariyb 730 ming tonna avtomobil benzini işlab çiqarilgan.

Yil boşidan beri benzin işlab çiqariş va import hajmi ortişiga qaramay narxlar 26,9 foizga qimmatlaşgan.