Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda quyidagilar belgilangan:

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitaning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari;
  • Din işlari böyiça qömitaning huquq va majburiyatlari, şuningdek uning faoliyatini taşkil etiş tartibi;
  • Qömita rahbarlarining funksional vazifalari va mas'uliyati;
  • Qömita faoliyatini moliyalaştiriş, uning xodimlari mehnatiga haq tölaş va moddiy rağbatlantiriş tartibi.

Din işlari böyiça qömita din işlari sohasida yagona davlat siyosati amalga oşirilişini ta'minlaşga mas'ul vakolatli davlat boşqaruvi organi hisoblanadi. U öz faoliyati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga böysunadi va hisobot beradi.

Qömitaning öz vakolatlari doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy tusga ega bölgan qarorlari davlat boşqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, xöjalik birlaşmalari, yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan bajarilişi majburiy hisoblanadi.

Qömita tizimiga quyidagilar kiradi: Markaziy apparat; Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar hududiy boşqarmalari.
 
Din işlari böyiça qömitaning asosiy vazifalari:

  • vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisidagi qonunçilik hujjatlariga muvofiq din işlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiriş;
  • Özbekiston Respublikasining dunyoviy davlat tamoyilini amaliy röyobga çiqariş, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qiliş;
  • diniy mutaassiblik va ekstremizm ğoyalarini tarqatiş, turli konfessiyalar örtasida adovatni yuzaga keltirişga qaratilgan xatti-harakatlarga yöl qöymaslik çoralarini köriş;
  • jamiyatda diniy-ma'rifiy muhit barqarorligi va e'tiqod erkinligiga tahdid tuğdirişi mumkin bölgan omillarni örganiş, tahlil qiliş va ularning oldini oliş çoralarini köriş;
  • davlat organlarining diniy taşkilotlar bilan özaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlaştiriş hamda davlat siyosatida qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilgan diniy taşkilotlar manfaatlarini aks ettiriş;