2000 yilda fermer xöjaligi taşkil etdim. Har yili özimizga tegişli 59 gektar maydonga paxta ekkanmiz. Töğri, dastlabki yillari ança qiynaldim, çunki yer bilan tillaşiş uning dardini biliş maşaqqat va vaqt talab kilar ekan, sabr-toqat qildim. Tajribali paxtakorlar, yer bilan tillaşa oladigan dehqonlar kömagiga tayandim. Natijada paxtaçilik, ğallaçilik va boşqa qişloq xöjalik ekinlari yetiştiriş sir-asrorlarini örgandim.
Dastlabki yillarda paxta va ğalla yetiştiriş bir tomon, uni yiğiştirib olişning zahmati esa ikkinçi tomon bölişini öz faoliyatimda köp bor guvoh bölganman.
Ayni ğalla örimi qizğin pallaga kirgan payti kombaynlarning taqçilligi oqibatida navbat kutişga töğri kelgan bölsa, paxta mavsumi undan ham taşvişli bölardi.
Sababi, xohlaysanmi-yöqmi qöşimça terimga jalb etiladiganlarga yotoq joy tayyorlaş, kunlik terimga jalb qilinadiganlarni kutib oliş, transport xarajatlarini qoplaş fermerning zimmasida edi.
Paxta maydonlari keyingi ikki yilda töliq tomçilatib suğoriş tizimiga ötkazildi. Buning uçun subsidiya va boşqa imtiyozlar berilmoqda.
Fermerlikni öz zimmasiga olgan har bir tadbirkor nafaqat mahsulot yetiştiriş, balki bilim olişi, ilm-fan yutuqlaridan xabardor bölib uni amaliyotda qöllaş bilan bir vaqtda matbuot va internet tarmoqlaridagi ma'lumotlardan ham xabardor bölişi zarur.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarga “Paxta, klaster va selektor” nomli maqolani öqib qoldim. Hayotning past-balandi quvonç va taşvişlarini körgan oddiy fermer sifatida öz fikrimni bildirişni lozim deb topdim.
Xudoga şukr, qança qiyinçilik, tabiat injiqliklari va havo haroratining keskin kötarilişi va suv tanqisligiga qaramasdan men kabi mamlakatimizdagi sakson mingdan ortiq fermerlar möl hosil yetiştirib, misqollab terib oliş çoralarini körmoqda.
Eng asosiysi, terim majburiy bölmayapti. Birinçi galda işçilarimiz va mahalladoşlarimiz ixtiyoriy ravişda terimga çiqib, ob-havoning sovuq kunlariga qolmasdan, bor hosilni yiğiştirib olişga kömaklaşmoqda. Terim pullarini har kuni oliş evaziga aholining moddiy ta'minoti yaxşilanmoqda. Daladagi terimçilarga töliq şaroit yaratib berganmiz. Uç mahal issiq ovqat bepul taşkil etilişi bilan birgalikda öz hisobimizdan qöşimça terim pullari hamda qimmatbaho sovğalar berişimiz terim sur'atining kundan-kun oşişiga xizmat qilyapti.
Paxta yiğim-terimi davrida har kuni selektor yiğilişi ötkazilyapti. Fermerlarning vaqti olinyapti, degan gaplar asossiz. Vaholanki, har bir mavsum oldidan uning taşkiliy masalalari körilib, tegişli çoralar belgilab olinadi. Bu yil ham xuddi şunday böldi. Hozirgi fermer avvalgi fermer emas, aloqaning turli tezkor tarmoqlariga ulanganligi sababli yuz, ikki yuz kişi bir joyda töplanmasdan topşiriqlar olişadi. Bu yil ham bir marta mavsum boşlanişi oldidan şunday topşiriqlarni oldik, klasterlar bilan uzviy hamkorlik böyiça tavsiyalar berildi.











