Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning javobgarlikdan ozod qilinishi tartibi belgilandi
Foto: KUN.UZ
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida qonun prezident tomonidan imzolandi.
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yarashilganlik munosabati bilan ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish instituti kiritildi.
Kodeksning bir qator moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma'muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi va ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ish materiallarini sudga yuboradi.
Jabrlanuvchi yoxud uning qonuniy vakili yarashuv to‘g‘risidagi arizani ish vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ko‘rib chiqilishi vaqtida, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud qaror chiqarguniga qadar berishi mumkin.
Agar ish bo‘yicha bir necha jabrlanuvchi bo‘lsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv to‘g‘risidagi ishni yuritish mumkin. Yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasi ish sudga kelgan paytdan e'tiboran 3 kundan kechiktirmay o‘tkaziladi.
Huquqbuzarlikni bir yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Mavzuga oid
12:28 / 05.02.2026
Foto va videoqayd orqali aniqlanadigan huquqbuzarliklar ro‘yxati belgilandi
18:01 / 02.02.2026
«Layk» to‘plash maqsadida qilingan huquqbuzarlik uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin
15:07 / 28.01.2026
Toshkentda ekohuquqbuzarliklarni qayd etuvchi 6 ta kamera ishga tushdi
12:08 / 14.01.2026