Prezident “Xirurgiya xizmatini transformatsiya qiliş, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oşiriş va kölamini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Soğliqni saqlaş vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda jarrohlik amaliyotining murakkabligi darajasi hamda samaradorlik körsatkiçlariga qarab tibbiyot xodimlariga tabaqalaştirilgan mehnatga haq tölaş tizimini joriy etiş böyiça Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Soğliqni saqlaş vazirligi yetakçi xorijiy tajribani inobatga olgan holda 2021 yil 1 noyabrdan boşlab Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantiriş markazida respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va boşqa davlat tibbiyot muassasalari rahbarlarini soğliqni saqlaş sohasida boşqaruv (Healthcare Administration) yönalişi böyiça qisqa muddatli öquv kurslarida qayta tayyorlaş hamda malakasini oşirişni yölga qöyadi va ularni mazkur kurslarda öqitiş yuzasidan reja-grafikni tasdiqlaydi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022/2023 öquv yilida soğliqni saqlaş sohasi uçun 50 nafar menejyer mutaxassislarni magistrlik yönalişi (Master of Healthcare Administration) böyiça davlat granti asosida Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster va boşqa oliy ta'lim taşkilotlarida tayyorlaş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş çoralarini köradi.

Xirurgiya markazining inson a'zolari va töqimalari transplantatsiyasi sohasida qöşimça vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • transplantologiya sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oşiriş hamda innovatsion loyihalarni işlab çiqiş;
  • yuqori texnologik transplantatsiya amaliyotlarini amalga oşiriş usullarini örganiş va joriy etiş;
  • xorijiy davlatlarning mazkur sohadagi ilmiy taşkilotlari, markazlari hamda ekspertlari bilan hamkorlik aloqalarini örnatiş va birgalikda tadqiqotlarni taşkil qiliş;
  • transplantologiya yönalişida malakali ilmiy kadrlarni tayyorlaşga kömaklaşiş.

Xirurgiya markazida:

  • bazaviy moliyalaştiriş tizimi asosida faoliyat yuritadigan Inson a'zolari va töqimalari transplantatsiyasi ilmiy laboratoriyasi;
  • 2021/2022 öquv yilidan boşlab Toşkent tibbiyot akademiyasining Xirurgiya va transplantologiya kafedrasi taşkil etiladi.

Belgilanişiça, Xirurgiya markazi uşbu kafedrada öqitilayotgan bakalavrlar, klinik ordinatorlar va magistrlar uçun asosiy klinik baza hisoblanadi.