EHS-9

Toşkent şahrida joylaşgan “Faw Bestune Hongqi” avtosaloni Hongqi brendidagi yangi avtomobil – “EHS-9” taqdimotini ötkazdi. Avtomobilga rasmiy diler 5 yil yoxud 150 000 km kafolat beradi.

“Faw-Bestune Hongqi” avtosaloni Hongqi brendidagi yangi elektromobil – “EHS-9” taqdimotini ötkazdi.

Prezident klass avtomobiliga xos premium elektromobil “Hongqi – EHS-9” hozirda “Rolls-Royce” kompaniyasi avtomobillari bilan tengma-teng raqobat olib borib butun dunyo qiziqişiga sabab bölmoqda.

Avtomobil Özbekistondagi rasmiy diler tomonidan taqdim qilinmoqda. U 4,5 soniyada 100 km tezlanişga çiqa oladi va premiumlikni özida mujassamlaştiradi. Özbekiston şaroitida 5 yil yoki 150 ming km kafolatiga ega. Bir zaryadlaşda 550 km yuriş zaxirasiga ega.

“EHS-9” avtomobilining ölçamlari – 5209 x 2010 x 1731 mm, ğildirak bazasi 3110 mm. Xaridorlarning ixtiyoriga köra avtomobil 4 yoki 7 örinli salonga ega bölişi mumkin. 

Krossover 218 va 333 ot kuçiga ega ikkita elektr motor bilan jihozlangan.

Betakror dizayn har qanday nozik did egasini öziga jalb qiladi.

“EHS-9” modelining taşqi körinişi “Rolls-Royce” kompaniyasining boş dizayneri Jayls Teylor boşçiligidagi guruh tomonidan işlab çiqilgan.

Şuningdek, krossover moslaşuvçan amortizatorli pnevmatik tizim bilan ham jihozlangan. Haydovçi özining qulayligi uçun yettita haydaş rejimidan birini tanlaşi mumkin.

BESTUNE NAT

Uşbu avtomobil sotib olinsa, avtosalon tomonidan tezroq zaryadlovçi qurilmalari sovğa tariqasida taqdim qilinadi.

“Faw Bestune Hongqi»dan yana bir yangilik – endi “BESTUNE NAT” yevro versiyasi Özbekistonda!