Prezident “Xirurgiya xizmatini transformatsiya qiliş, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oşiriş va kölamini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Soğliqni saqlaş vazirligi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari bilan birgalikda 2022-2023 yillar davomida kam invaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari kölami oşirilişini, şu jumladan, tuman (şahar)larda amalga oşiriladigan amaliyotlar turi 60 tadan 79 taga, hududlarda esa 130 tadan 168 taga oşirilişini, Xirurgiya markazida yurak va öpka transplantatsiyasi joriy etilişini ta'minlaydi.

Xirurgiya markazi, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi va Respublika ixtisoslaştirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan 2022 yil yakuniga qadar barça hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yölga qöyilişi ta'minlanadi.

Soğliqni saqlaş vazirligining Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qöllab-quvvatlaş hamda tibbiyot muassasalariga jalb qiliş jamğarmasi va mahalliy budjet mablağlari hisobidan Xirurgiya markazi va hududiy davlat tibbiyot muassasalarining xorijiy tillarni yaxşi biladigan xodimlarini 2021-2022 yillarda xirurgiya sohasi uçun dolzarb yönalişlar böyiça nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oşiriş va stajirovka ötaş uçun yuboriş, şuningdek, Xirurgiya markazi faoliyatiga yetakçi xorijiy mutaxassislarni jalb etiş çoralari köriladi.

Belgilab qöyilsinki:

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qöllab-quvvatlaş hamda tibbiyot muassasalariga jalb qiliş böyiça işçi guruhi mazkur bandga muvofiq malaka oşiriş va stajirovka ötaş uçun yuboriladigan xodimlarning şaffof tanlov asosida tanlab olinişini ta'minlaydi;

malaka oşiriş va stajirovka ötaş uçun yuboriladigan xodimlarga Xirurgiya markazi bilan tuziladigan şartnoma şartlariga muvofiq Xirurgiya markazi va hududiy davlat tibbiyot muassasalarida işlab beriş majburiyati yuklatiladi.