Prezident “Xirurgiya xizmatini transformatsiya qiliş, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oşiriş va kölamini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilişning asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:
- akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi – viloyat – tuman (şahar) tibbiyot muassasalari örtasida uzviy boğliqlikni ta'minlaş;
- hududlar va tuman (şahar) darajasida kam invaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini keng joriy etiş;
- Xirurgiya markazida transplantatsiya amaliyotlarini xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda keng joriy etiş;
- xirurg, anesteziolog, reanimatolog, nefrolog va boşqa mutaxassislarning salohiyatini oşiriş, ularni nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlarida malaka oşirişi va stajirovka ötaşini taşkil etiş, zamonaviy simulyatsion markazda mutaxassislar tayyorlaşni yölga qöyiş;
- xirurgiya yönalişida ilmiy-tadqiqot işlarini rivojlantiriş, xodimlarning ilmiy salohiyatini oşiriş;
- aholiga malakali tibbiy xizmat körsatiş maqsadida Xirurgiya markazi, uning filiallari, tuman (şahar) tibbiyot birlaşmalari xirurgiya, anesteziologiya-reanimatsiya bölimlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş.
Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Moliya vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berildi:
a) bolalarda tuğma yurak nuqsonlarini endovaskulyar yöl bilan davolaşni keng joriy etiş, ularni qisqa vaqt içida töliq soğlomlaştirib, nogironlikdan çiqariş maqsadida:
2021 yilda yurak nuqsonlarini davolaş uçun möljallangan 500 ta tibbiy buyum (okklyuder) xarid qilişga Soğliqni saqlaş vazirligiga rivojlantiriş dasturlari uçun ajratilgan mablağlar doirasida vazirlikka 10 milliard söm mablağ ajratiş;
2022 yildan boşlab esa ehtiyojdan kelib çiqib har yili örtaça 2 500 ta okklyuder xarid qiliş uçun Davlat budjeti parametrlarida zarur mablağlarni nazarda tutiş;
b) Özbekiston Respublikasi respublika budjetidan, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy budjetlarining qöşimça manbalaridan teng uluşda:
2021 yilda Xirurgiya markazi filiallarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlaş uçun 42,5 milliard söm mablağ ajratiş;













