AQŞning Duşanbedagi elçixonasi Tojikiston çegaralarini mustahkamlaşda yordam beriş doirasida 20ta Jip avtomobilini Tojikiston Mudofaa vazirligiga topşirdi. Umumiy qiymati 1,4 million dollarni taşkil etadigan maşinalar çegaradagi maxsus kuçlariga vaziyat oğir bölgan hududlarda operatsiyalar ötkazişga imkon berişi közda tutilgan.
Transport vositalarini topşiriş marosimida AQŞning Duşanbedagi elçisi Jon Mark Pommerşaym va Tojikiston mudofaa vazirining texnika va texnologiyalar böyiça maslahatçisi general-mayor Xusrav Bobozoda iştirok etgan.
«Uşbu yordam Tojikistonga çegara xavfsizligini ta'minlaş uçun körsatayotgan kömagimizning bir misolidir. Tojikistondan çegara xavfsizligi sohasidagi yaqin hamkorlik uçun minnatdormiz va birgalikdagi yutuqlarimizdan faxrlanamiz. Biz terrorizm, narkotrafik va yadroviy qurol tarqalişiga qarşi kuraşda şerik bölib qolamiz va birgalikda işlasak kuçliroq bölamiz», deya ta'kidlagan Pommerşaym.
Ma'lumotlarga köra, 1992 yildan beri Amerika Qöşma Ştatlari Tojikistonga 330 million dollarlik harbiy yordam körsatgan. Uşbu yordam doirasida Tojikiston xavfsizlik kuçlariga jami 10,5 mln dollar qiymatidagi 358ta avtomobil topşirilgan. Şuningdek, 10 mingdan ortiq tojik harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari terrorizm va tahdidlarga qarşi öqitilgan, «Şamsi» tinçlikparvar bataloni ta'mirlangan va öquv -maşğulotlar lageri qurilgan.












