Şavkat Mirziyoyevning BMTning Osiyo va Tinç okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (UNESCAP) “Quruqlik portlari” töğrisidagi hukumatlararo bitimiga qöşilişga oid qarori qabul qilindi.

Şartnomaning asosiy maqsadi – Osiyo-Tinç okeani mintaqasida transport taşuvlarini uyğunlaştiriş va yengillaştiriş uçun xalqaro ahamiyatga ega bölgan logistika markazlarini (quruqlik portlarini) quriş va işlatiş böyiça körsatmalarni işlab çiqiş.

Xalqaro şartnomani amalga oşiriş böyiça Özbekiston nomidan Transport vazirligi mas'ul vakolatli organ etib belgilandi.

Şartnoma Özbekiston logistika markazlarining (quruqlik portlarini) xalqaro ahamiyatga ega obektlar sifatida qabul qilinişi va röyxatga kiritilişi imkonini berişi kutilmoqda.