Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, «Spark» ortidan kelayotgan «Jyentra», «Kobalt» va «Jyentra» rusumli avtoulovlar ham yöl-transport hodisasiga uçragan.
«Qamçiq» MQYoQB qutqaruvçilari, tez tibbiy yordam, yöl-patrul xizmati, «Qamçiqavtoyöl» ixtisoslaşgan yöllardan foydalaniş unitar korxonasi xodimlari voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvçilar jarohat olgan fuqarolarni avtomaşinalar içidan çiqarib olişgan.

«Spark» avtomobili salonida haydovçi va bir nafar yölovçi bölib, yölovçi tan jarohati olgan, şuningdek, «Kobalt» avtoulovi haydovçisi öng qöl sinişi bilan Angren şahar markaziy şifoxonasiga yuborilgan. Qolgan avtoulovdagi yölovçi va haydovçilar yengil tan jarohati olgani sababli ularga şu joyning özida birinçi tibbiy yordam körsatilgan.
Avtomobil haydovçilari noqulay ob-havo şaroitini inobatga olmay, tezlikni oşirib haydaşi oqibatida uşbu yöl-transport hodisasi yuz bergan, deyiladi xabarda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi barça yöl harakati qatnaşçilaridan ob-havo şaroitini hisobga olib harakatlanişni, belgilangan qoidalarga amal qilişni, tuman tuşgan va muzlamali yöllarda oraliq masofani saqlab yurişni söragan.
Avvalroq, Qamçiq dovonida qor yoğayotgani xabar berilgandi.












