Dubay şahzodasi Şayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum Özbekistonga keldi. Bu haqda şahzoda Instagram sahifasida post qoldirgan.



Dubay amirligi taxt vorisi sahifasida qöygan suratlaridan u doimgidek Navoiy şahridan 50 km uzoqlikdagi BAAga qaraşli tuvaloq asraş maskaniga taşrif buyurganini seziş mumkin. Muhammad Ol Maktum ötgan yili ham aynan oktyabr oyida Navoiyga kelgandi.



Markaz Birlaşgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Dubay amiri Şayx Muhammad bin Raşid Ol Maktum taşabbusi bilan 2008 yilning aprel oyida taşkil etilgan. Şahzoda Hamdan loçinlar bilan şu hududda tuvaloq ovlaydi.










