Har yili ov qiliş uçun Özbekistonga keladigan BAAning Dubay amirligi taxti vorisi şayx Hamdan Ol Maktum ayni paytda Navoiy viloyatida. Valiahdning şaxsiy hayotini yoritib boradigan Twitter-sahifasida şayx Hamdan 17 oktabr Navoiy viloyatidagi Qizilqum çölida öçoq boşida turgan suratlar hamda video e’lon qilindi.

U Navoiy şahridan 50 kilometrça uzoqlikdagi çöl hududida joylaşgan “Amirliklarning yörğa tuvaloqni asraş markazi”da an’anaviy tarzda ov qilib keladi. 300 gektar yer maydonga ega uşbu markaz 2008 yilning aprel oyida BAA vitse-prezidenti, Dubay amiri Şayx Muhammad ibn Roşid Ol Maktum taşabbusi bilan taşkil etilgan.

Foto: Twitter / Group Fazza

Ötgan yili uşbu markazda yetiştirilgan 1070 ta yörğa tuvaloq viloyatning Tomdi, Uçquduq va Konimex tumanlari çöl hududlarida yovvoyi tabiatga qöyib yuborilgandi.

Foto: Twitter / Group Fazza
Foto: Twitter / Group Fazza

Şahzoda Hamdan har yili uşbu hududga oktabr oyida tuvaloq ovlaş uçun taşrif buyuradi. Avvalroq Şayx Hamdanning Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev oilasi vakillarining ham mehmoni bölgani hamda Navoiyda loçin bilan tuvaloq ovlagan videosini ulaşgani haqida xabar qilgan edik.