Dubay şahzodasi Şayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum özining Instagram sahifasida Navoiydagi loçin ovi fotosuratlarini e’lon qildi.    

Navoiy şahridan 50 kilometr uzoqlikda Birlaşgan Arab Amirliklariga qaraşli tuvaloq asraş maskani bor. Markaz Birlaşgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Dubay amiri Şayx Muhammad bin Raşid Ol Maktum taşabbusi bilan 2008 yilning aprel oyida taşkil etilgan. Şahzoda Hamdan loçinlar bilan şu hududda tuvaloq ovlaydi.

Ma’lumot uçun, Hamdan ibn Muhammad Ol Maktum – Dubay amiri Muhammad ibn Roşid Ol Maktumning öğli, Dubay amirligining merosxör şahzodasi, 1982 yilda tuğilgan. U juda faol hayot keçirişi bilan maşhur. Uning qiziqişlari doirasi kengligi hammani hayratga soladi. Şahzoda paraşyutdan sakraş, suv ostiga şönğiş, baliq ovi, loçin ovi, snoubording, velosport va sportning köplab boşqa turlariga qiziqadi. «Fazza» taxallusi bilan şe’rlar ham yozadi.