Dubay şahzodasi Şayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum özining Instagram sahifasida Navoiydagi ov jarayonlari videosini ulaşdi. Video bir neça hafta oldin olingan.

Navoiy şahridan 50 kilometr uzoqlikdagi, Birlaşgan Arab Amirliklariga qaraşli tuvaloq asraş maskanida olingan videoda şahzodaga qaraşli loçinlar hududda tuvaloqni tutişi jarayoni aks etgan.

Muhammad Ol Maktum ötgan yili ham aynan oktyabr oyida Navoiyga kelgandi.

Markaz Birlaşgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Dubay amiri Şayx Muhammad bin Raşid Ol Maktum taşabbusi bilan 2008 yilning aprel oyida taşkil etilgan. Şahzoda Hamdan loçinlar bilan şu hududda tuvaloq ovlaydi.

Foto: Instagram/faz3
Foto: Instagram/faz3
Foto: Instagram/faz3

Joriy yil oktabr oyida Navoiy viloyatida Qizil kitobga kiritilgan 1 070 ta yörğa tuvaloq oçiq tabiatga qöyib yuborilgandi.

Sentabr oyida Amirliklarning yörğa tuvaloqni asraş markazida yetiştirilgan 1 070 ta yörğa tuvaloq viloyatning Tomdi, Uçquduq va Konimex tumanlari çöl hududlarida yovvoyi tabiatga uçirilgan.