Telegram'dagi AviaSpotter kanalining ma'lumot berişiça, Dubay hukumatiga xizmat körsatuvçi «Dubai Royal Air Wing» samolyoti 31 oktabr, kunning birinçi yarmida Toşkentga qöngan.
Şayx Hamdanning Instagram'ga yuklagan suratlariga köra, u «Tashkent City» hududidagi «Hilton» mehmonxonasiga joylaşib, payşanba kuni Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev bilan uçraşgan. Şahzoda, şuningdek, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev oilasi vakillarining ham mehmoni bölgan.


Dubay taxti vorisi oktabr oyi örtalarida ham Özbekistonda bölib, Navoiy şahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikdagi çöl hududida loçinlar bilan ov qilgan edi.
Foto:
Dubay amirining öğli Özbekistondagi loçin ovi fotosuratlarini e'lon qildi
Bu hududda 300 gektar maydonni egallagan «Amirliklarning yörğa tuvaloqni asraş markazi» (AYTAM) joylaşgan.
Uşbu markaz BAA vitse-prezidenti – Dubay amirligining hokimi Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktum taşabbusi bilan 2008 yilda taşkil etilgan.
Foto:
Amirliklarning yörğa tuvaloqni asraş markazi. Qizilqum çölidagi möjizaviy maskanga sayohat











